MSc Moliyaviy Texnologiyalar (FinTech)

Bu magistrlik dasturi Teesside universiteti tomonidan taklif etilib, moliyaviy texnologiyalar, katta ma’lumotlar, blokcheyn va raqamli innovatsiyalar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni beradi.

12 Oy

15 875 000

Chorak uchun narxi

63 500 000

Oʻquv yili uchun narxi

Dastur tavsifi

Kurs har qanday soha bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lgan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan va kasbiy qayta tayyorlov dasturi hisoblanadi.

Dastur raqamli moliyaviy texnologiyalar sohasida mustahkam nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Talabalar katta hajmdagi ma’lumotlar va ularni vizuallashtirish, blokcheyn va kriptovalyutalar, raqamli tadbirkorlik, zamonaviy FinTech va moliya sohasidagi dasturiy ta’minotni o‘rganadilar. Diqqat markazida – tahliliy fikrlash, raqamli vositalar va moliyadagi innovatsiyalar.

Diplom: Teesside University, Buyuk Britaniya
Davomiyligi: 12 oy (kunduzgi ta’lim)
Daraja: Magistr (MSc)

Modul kodi Modul nomi Kredit miqdori
MGT4018-N Katta ma’lumotlar va ularni vizuallashtirish 30
MGT4019-N Blokcheyn, kriptovalyutalar va raqamli tadbirkorlik 30
FIN4001-N Zamonaviy moliya texnologiyalari 30
CIS4045-N FinTech uchun dasturiy ta’minot 30
MGT4020-N Tadqiqot loyihasi (Magistrlik dissertatsiyasi) 60