Pre-Foundation Kursi
-
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 1-martdan 15-avgustgacha
-
O‘qish muddati: 2026-yil 1-iyundan 20-avgustgacha
(kurs davomiyligi va boshlanish sanasi MDIS tomonidan o‘zgartirilishi mumkin) -
Nomzodlar quyidagi minimal talablarga javob berishi kerak:
-
Umumiy o‘rta maktab (11 yillik majburiy ta'lim) yoki akademik litsey/kasb-hunar kolleji (12 yillik majburiy ta'lim) bitiruvchisi bo‘lishi;
-
IELTS sertifikati (BC, IDP) yoki MDIS ingliz tili imtihonidan 4.0 va undan yuqori ball.
Eslatma: IELTS Indicator yoki Duolingo sertifikati bo‘lganlar, shuningdek til sertifikatisiz nomzodlar MDIS Tashkentdagi SOL bo‘limi tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tili testini topshirishlari shart.
-
Ro‘yxatdan o‘tishda quyidagi hujjatlar nusxalari topshirilishi kerak:
-
Rektorga mo‘ljallangan rasmiy xat;
-
Kafolat xati;
-
Pasport/ID-karta (doimiy ro‘yxatga olingan sahifasi bilan birga);
-
Til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS yoki MDIS EET imtihoni 4.0 va yuqori);
-
3.5x4.5 o‘lchamdagi JPEG formatidagi fotosurat;
-
Maktab/litsey/kollej diplomi va baholar ilovasi (ingliz tiliga tarjima qilingan holda); boshqa muqobil malaka hujjatlari.
Barcha hujjatlar MDIS Tashkent kampusiga kelib topshirilishi kerak.
Qabul bo‘yicha aloqa:
+998 71 271 77 02 (Info markazi)
Email: inbox@mdist.uz, cr@mdist.uz
Telegram: @infomdist
Qabul ish vaqti:
Dushanba – Juma (soat 10:00 – 17:00)



