TSMRI DA TASHKIL ETILADIGAN KORPORATIV KURSLAR UCHUN TIJORAT TAKLIFI
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) O‘zbekistonidagi xalqaro universitetlarning birinchi filiallaridan bo‘lib, 2007-yilda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi (UBA) va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) tomonidan tashkil etilgan. TSMRI ta’lim sohasidagi 17 yillik faoliyati davomida ko‘plab yo‘nalishlarda qisqa va o‘rta muddatli korporativ kurslarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha etarlicha tajriba to‘plagan bo‘lib, ushbu kurslar dasturlari ADB, EBRD, KPMG kabi xalqaro kompaniyalar, audit tashkilotlari ekspertlari va xorijiy mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilgan qo‘shma kurslardir. Korporativ kurslarimiz ro‘yxatida keltirilgan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish kurslari (soft skills), antifrod va firibgarlikka qarshi kurslar, kattalar uchun biznes ingliz tili, biznes tahlil, fintechdan foydalanish va bank xizmatlarida sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Quyida bank xodimlari uchun turli darajadagi kurslarning to‘liq ro‘yxati taqdim etiladi. Ushbu bukletda har bir kurs haqida to‘liq ma’lumot va texnik talablar batafsil yoritilgan.
Kurslar ro‘yxati
| № | Kurs nomi | Muddati | Umumiy soati | Xorijiy amaliyot |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Professional loyiha boshqaruvi (PMP) | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 2 | Biznes tahlil | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 3 | Banklarda compliance tizimi | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 4 | O‘zbekiston banklarida compliance tizimi va dolzarb risklar | 1 hafta | 15 soat | Shartnoma asosida |
| 5 | Tijorat banklarida inson resurslarini boshqarish | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 6 | Tijorat banklari uchun MSFO | 2 hafta | 55 soat | Shartnoma asosida |
| 7 | Moliyaviy modellashtirish | 2 hafta | 55 soat | Shartnoma asosida |
| 8 | Yashil banking (Green banking) | 1 hafta | 15 soat | Shartnoma asosida |
| 9 | Bank sohasida savdo va marketing | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 10 | Antifrod. Banklarda firibgarlikni aniqlash usullari | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 11 | Tijorat banklarida risklarni boshqarish | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 12 | Ma’lumotlar bazasini boshqarish (SQL) | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
Soft Skills – Yumshoq ko‘nikmalar kurslari
| № | Kurs nomi | Muddati | Umumiy soati | Xorijiy amaliyot |
|---|---|---|---|---|
| 13 | Tanqidiy fikrlash | 1 kun | 6 soat | Shartnoma asosida |
| 14 | Taqdimot tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirish | 2 kun | 12 soat | Shartnoma asosida |
| 15 | Notiqlik san’atini rivojlantirish | 1 kun | 6 soat | Shartnoma asosida |
| 16 | Ishbilarmonlik muzokaralari madaniyati | 1 kun | 6 soat | Shartnoma asosida |
| 17 | Ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish | 1 kun | 6 soat | Shartnoma asosida |
| 18 | Boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 19 | Bank risklarini sug‘urtalash | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
| 20 | Kredit risklarini sug‘urtalash | 1 hafta | 40 soat | Shartnoma asosida |
Professional kurslar
| № | Kurs nomi | Soat miqdori tavsiya etiladi |
|---|---|---|
| 21 | CFA (1-daraja) | 380 soat |
| 22 | FRM (1-qism) | 250 soat (minimum) |
| 23 | FRM (2-qism) | 265 soat (minimum) |
| 24 | F3 (Moliyaviy hisob) | 72 soat |
| 25 | F7 (Moliyaviy hisobot) | 75 soat |
| 26 | F9 (Moliyaviy menejment) | 75 soat |
| № | Kurs nomi | Soat miqdori tavsiya etiladi |
|---|---|---|
| 27 | Umumiy ingliz tili (boshlang‘ich) | 80 soat |
| 28 | Umumiy ingliz tili (yuqori daraja) | 80 soat |
| 29 | Bank hodimlari uchun ingliz tili | 20 soat |
| 30 | Ingliz tilidan xalqaro imtihonlarga tayyorlov | 80 soat |
-
O‘quv kurslari TSMRI hududida oflayn tarzda o‘tkaziladi. Buyurtmachi so‘roviga ko‘ra onlayn shaklda ham o‘tkazilishi mumkin;
-
Korporativ guruhlar uchun mashg‘ulotlar jadvali buyurtmachi ish jadvali asosida tuziladi.
Onlayn kurslar uchun texnik talablar
-
Tinglovchilar kompyuter va dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Buyurtmachi binosida o‘tkazish uchun shartlar
-
15 kishilik auditoriya;
-
Proyektor va ekran.
To‘lov va sertifikat berish tartibi
-
To‘lov QQSsiz amalga oshiriladi;
-
To‘lov kurs boshlanishidan kamida 5 ish kuni oldin 100% amalga oshiriladi;
-
Kelishuvga ko‘ra to‘lov tartibi o‘zgartirilishi mumkin;
-
Kurs yakunida tinglovchilarga baholangan sertifikat beriladi;
-
Muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga xorijiy amaliyot (alohida to‘lov asosida) tashkil etiladi.



