“Kelajakka Qadam” dasturi
Normativ asos:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ–61-son qarori
“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
Dasturning maqsadi:
“Kelajakka Qadam” dasturi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozoriга tayyorlash, ularning kasbiy va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ishga joylashish jarayonini tizimli soddalashtirishga xizmat qiladi.
Dasturning asosiy yo‘nalishlari:
1. Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash
Dastur bitiruvchilarning ishga joylashishiga qaratilgan kompleks mexanizmni o‘z ichiga qamraydi:
-
ish beruvchi korxonalarning mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini tizimli o‘rganish va talablarga mos kadr tayyorlash;
-
bitiruvchilarni mavjud vakansiyalar bo‘yicha yo‘naltirish, manzilli ishga joylashtirish;
-
ish beruvchi buyurtmasiga asoslangan individual kasbiy tayyorlov dasturlarini moliyalashtirish;
-
stajirovka va ishlab chiqarish amaliyoti orqali bitiruvchilarning amaliy tajribasini oshirish;
-
ochiq tanlovlar g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchilarga tavsiya qilish va ularning bandligini ta’minlash;
-
OTM rahbarlarining xizmat vazifalarida bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalasini ustuvor vazifa sifatida belgilash.
Bu mexanizm bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga va ularga real ish imkoniyatlari yaratishga xizmat qiladi.
2. Biznes g‘oyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
“Kelajakka Qadam” dasturi o‘z biznes g‘oyasiga ega bo‘lgan talaba va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay ekotizim yaratadi:
-
biznes g‘oyalarini tayyor loyihalarga aylantirishda to‘liq hamrohlik;
-
startaplarni rivojlantirish uchun qulay shartlarda moliyalashtirish (grantlar, imtiyozli kreditlar, akseleratsiya dasturlari);
-
biznes-reja tuzish, loyiha boshqaruvi va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mutaxassislar yordami;
-
innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq qilishda korxonalar bilan hamkorlik.
3. Ochiq tanlovlar orqali yoshlarni rag‘batlantirish
Dastur doirasida:
-
bitiruvchi va quyi kurs talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkaziladi;
-
tanlov g‘oliblariga ishga joylashish hamda kasbiy rivojlanish bo‘yicha imtiyozlar beriladi;
-
salohiyatli ish beruvchilar buyurtmasiga ko‘ra kasbiy tayyorlov dasturlarini moliyalashtirish amalga oshiriladi.
4. Stajirovkalar va amaliyotlar
Dasturning muhim qismi — talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish:
-
korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti, stajirovkalar va sohaviy tajriba;
-
ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda kasbiy tayyorlov;
-
xorijiy OTMlarda qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati;
-
talabalarning amaliyot jarayonini moliyalashtirish.
Bu yo‘nalish yosh mutaxassislarni real ish muhitiga tez va samarali moslashtirishni ta’minlaydi.
businessincubator@mdist.uz 412 (B blok)
careercentre@mdist.uz 109 (A blok)
"Kelajakka Qadam" web-page .



