Hurmatli abituriyentlar!
MDIS Tashkent 2024–2025-yilgi qishki qabul boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
*Taklif faqat to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan va Foundation Year dasturiga topshirmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun amal qiladi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati:
2024-yil 11-noyabr – 2024-yil 25-dekabr. Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlarning skaner nusxalarini yuklashlari kerak:
• Pasport / ID karta (doimiy propiska sahifasi bilan birga);
• Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 5.5 va undan yuqori / CEFR B2 yoki MDIS ichki testi kamida 5.5);
• 3.5x4.5 o‘lchamdagi fotosurat (JPEG formatda);
• Tegishli ta’lim hujjatlari — diplom va ilova (ingliz tiliga tarjima qilingan): o‘rta maktab (11 yillik majburiy ta’lim) yoki akademik litsey / kasb-hunar kolleji (12 yillik majburiy ta’lim).
Muhim eslatma:
MDIS ichki ingliz tili testi natijasi 5.0 (2024-yil bahor, yoz yoki noyabr oylarida topshirilgan) qishki qabul uchun Intensive Pre-Foundation kursi uchun amal qiladi. Pre-Foundation kursi 2024-yil 25-noyabrda boshlanadi. Kursga ariza topshirishning oxirgi muddati — 2024-yil 25-noyabr.
Qabul bo‘yicha aloqa:
+998712717702 (Axborot markazi)
Email: inbox@mdis.uz
Telegram: +998888307006
Onlayn ariza topshirish uchun havolaga o‘ting: admission.mdis.uz



