So'nggi yangiliklar
E’LON | ILMIY SEMINAR
Hurmatli professorlar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar va tadqiqotchilar!
Sizlarni 2026-yil 3-noyabr kuni soat 17:00 da Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (MDIS Tashkent) bo‘lib o‘tadigan ilmiy seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Seminar doirasida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tadqiqotchisi Djumanov Abdumalik Abduvaxabovich tomonidan Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan doktorlik dissertatsiyasi muhokama qilinadi.
Dissertatsiya mavzusi:
«Raqamli transformatsiya vositalari asosida biznes jarayonlarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish»
Ixtisoslik: 08.00.13 – Menejment
Sana: 2026-yil 3-noyabr
Vaqt: 17:00
Manzil: MDIS Tashkent, B binosi, 109-xona.



